![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Bolalar rasmlari milliy tanlovi O'zbekistonda taqdim etilayotgan davlat xizmatlari hamda Davlat xizmatlari markazlari faoliyati, , shuningdek, www.my.gov.uz portali, 1148 call-markazi va @davxizmataloqa_bot telegram bot orqali butun mamlakat bo'ylab davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari mavjudligi haqida aholi xabardorligini oshirish maqsadida o'tkazilmoqda.
NIMA QILISH KERAK?
Tanlov "Oilam uchun davlat xizmatlari" yo'nalishi bo'yicha ikki yosh toifasida o'tkaziladi:
1) 6-9 yoshdagi bolalar
2) 10-14 yoshdagi bolalar
Ishtirokchining ijodiy ishlari (skaner qilingan yoki telefon orqali sifatli suratga olingan xolatdagisi) oʻzbek, qorakalpok, rus yoki ingliz tillarida anketasi bilan birga, 2020 yil 5 maydan 30 may soat 18:00 ga qadar (Toshkent vaqti bilan) tanlovning info@ipsd.uz elektron manziliga yoki @contest_ipsd_bot Telegram boti orqali yuborilishi mumkin.
BIZ NIMANI KUTMOQDAMIZ?
Ijodiy ishlar A3 yoki A4 formatda akvarel, qalam va boshqa boʻyoqlar bilan ishlangan boʻlishi lozim, shuningdek quyidagi yoʻnalishlaridan biri aks ettirilgan boʻlishi mumkin:
JARAYON
Gʻoliblar 3 bosqichda tanlanadi:
1 - bosqich Mustaqil hakamlar tomonidan tanlovga kelib tushgan rasmlardan 100 tasi onlayn ovoz berish uchun tanlab olinadi va galareyaga joylashtiriladi (har bir yosh toifasidan 50 tadan, agar tanlovga 100 dan ziyod rasmlar kelib tushgan boʻlsa).1-8 IYUN 2020 yil
2 - bosqich Oʻzbekistonning barcha aholisi tomonidan tanlovning portali www.voting.ipsd.uz orqali eng yaxshi rasmlarni tanlash uchun onlayn ovoz beriladi va eng koʻp ovoz toʻplagan 20 ta rasm (har bir yosh toifasidan 10 tadan) keyingi bosqichda ishtirok etish uchun tanlab olinadi. Har bir kishi bir marta ovoz berishi mumkin.- 9-19 IYUN 2020 yil
3 - bosqich Onlayn ovoz berish natijasida eng yuqori ball toʻplagan 20ta rasmlar orasidan mustaqil xayʼat aʼzolari tomonidan tanlovning gʻoliblari aniqlanadi.22-30 IYUNGACHA 2020 yil
Shuningdek, eʼlon qilingan maxsus nominatsiyalar qatorida hamkor tashkilotlar Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi tomonidan tashkilotchilardan qoʻshimcha toʻrt nafar gʻolib ham tanlanadi..
TANLOV GʻOLIBLARI UChUN SOVRINLAR
Bolalar rasmlari milliy tanlovi doirasida 12 nafar g'oliblar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishadi:
Birinchi oʻrin: 2 nafar (xar bir yosh toifasida (6-9; 10-14) bittadan).
Ikkinchi oʻrin: 4 nafar (xar bir yosh toifasida (6-9; 10-14) ikkitadan).
Uchinchi oʻrin: 6 nafar (xar bir yosh toifasida (6-9; 10-14) uchtadan).
Eng yaxshi ijodiy rasm: 2 nafar (xar bir yosh toifasida (6-9; 10-14) bittadan) BMTTDning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan tanlanadi.
Eng yorqin rasm: 2 nafar (xar bir yosh toifasida (6-9; 10-14) bittadan) Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Delegatsiyasi tomonidan tanlanadi.
Ragʻbatlantiruvchi sovrinlar: 8 nafar (onlayn ovoz berish bosqichida keyingi bosqichda ishtirok etish uchun tanlangan, lekin sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritmagan ishtirokchilar).
|
Iltimos, veb-saytning "Yuklab olish" bo'limida mavjud bo'lgan milliy rasmlar tanlovi haqidagi batafsil ma'lumotlarni diqqat bilan o'qing. |
Anketani veb-saytning "Yuklab olish" bo'limida yuklab olishda davom eting, rasmga qo'yiladigan talablarni o'qing. |
Agar sizda biron bir savol bo'lsa, iltimos, veb-saytning "SAVOLLAR VA JAVOBLAR" bo'limiga murojaat qiling.
Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi |
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining hamkorlikdagi hamda Evropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan "Davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va O'zbekistonning qishloq joylarida boshqaruv darajasini oshirish" qo'shma loyihasi |
1. UMUMIY
S. Rasmlar tanlovida kimlar qatnashishi mumkin?
J. Respublikamizning barcha hududlarida (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlarning shahar, tumanlari va Toshkent shahar) yashayotgan bolalar quyidagi ikki yosh toifasida ishtirok etishadi: 6-9 yoshdagi bolalar va 10-14 yoshdagi bolalar.
S. Qanday murojaat qilish kerak?
J. Ishtirokchining ijodiy ishlari (skaner qilingan yoki telefon orqali sifatli suratga olingan xolatdagisi) oʻzbek, qoraqalpoq, rus yoki ingliz tillarida anketasi bilan birga, 2020 yil 5 maydan 30 may soat 18:00 ga qadar (Toshkent vaqti bilan) tanlovning info@ipsd.uz elektron manziliga yoki @contest_ipsd_bot Telegram boti orqali yuborilishi mumkin.
2. OVOZ BERISH
S. Kim ovoz berishi mumkin?
J. Barcha Oʻzbekiston fuqarolariga cheklovlarsiz ovoz berish huquqi beriladi. Ovoz berishning har bir qatnashchisi har bir yosh kategoriyasidagi faqat bitta rasm uchun ovoz berishi mumkin.
3. SHARTLAR New
S. Chizma talablari qanday?
J. Quyidagilar taklif etiladi:
Tanlov ishtirokchisi anketasi:
| O'zbek | Ўзбек | Русский | Қарақалпақ | English |
Rasmlar tanlovi to'g'risida to'liq ma'lumot (tilni tanlang va ko'chirib oling):
| AXBOROT XATI | |
| АХБОРОТ ХАТИ | |
| ОБЪЯВЛЕНИЕ | |
| ХАБАРЛАНДАРЫЎ ХАТЫ | |
| ANNOUNCEMENT | |
Qoshimcha malumotlar:
| Что такое государственные услуги? | |
| Давлат хизматлари нима? |
Manzil:
Toshkent shahri, Amir Temur shoh koʻchasi, 14
Biz bilan boglanish:
info@ipsd.uz - Elektron manzil.
@contest_ipsd_bot - Telegram bot.
www.contest.ipsd.uz - Veb Sayt.